Paxta tozalash va klaster korxonalarida qo'llanilayotgan tozalash texnalogiyalari yuzasidan Evropa davlatlari tajribasi

| 2023-02-21 16:26 | Baxt Paxta | Faoliyat

Paxta tozalash sanoati -yengil sanoatiing paxtaga dastlabki ishlov beruvchi tarmogʻi. Mazkur tarmoq toʻqimachilik, yogʻmoy, kimyo sanoati tarmoqdariga xom ashyo yetkazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit Paxta tozalash sanoatining asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874-yilda qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyosiga boʻlgan talabning ortishi bilan Oʻzbekistonda Paxta tozalash sanoati tez rivojlantirildi. 1885-yilda 9 ta, 1890-yilda 27 ta, 1914-yilda 208 ta paxta tozalash zavodi ishladi. Paxtachilik, g'alla ekinlarini siqib chiqara boshladi. Arrali jin mashinalarda tolani ajratib olish va qoʻlda harakatlantiradigan vintli presslarda tolani presslashdan tashqari barcha ogʻir ishlar qoʻlda bajarilgan. Oʻzbekiston mustaqillikkaerishganidan soʻng respublika Paxta tozalash sanoatining mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni tamomila oʻzgardi. Paxta tozalash sanoati mahsulotlari respublikaning asosiy eksport tovarlaridan biriga aylandi. Ilgari paxta tolasi eksporti Markaz tasarrufida boʻlib, uni "Eksportlyon" tashqi savdo birlashmasi va uning Toshkentdagi idorasi amalga oshirib kelgan. 90-yillar boshidan respublika paxta tolasi va Paxta tozalash sanoatining boshqa mahsulotlarini mustaqil holda eksport qilishni boshladi va hozirgi davrda 50dan ortiq xorijiy mamlakatlariga eksport qiladi. Sohaga yangi texnika, texnologiya jadal surʼatlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor texnologiyasini oʻrganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi boʻyicha jahon standartlariga oʻtish uchun AQSH, Shveysariya va boshqa mamlakatlardagi firmalarda ishlab chiqarilgan priborlar va texnologiyani qoʻllash borasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Turkiya va boshqa xorijiy davlatlar ilmiy-texnikaviy hamkorlikda Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda paxtani qayta ishlashdan tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga qadar boʻlgan jarayonlarni qamrab olgan. Paxta tozalash sanoati mashinasozligi —paxta tozalash sanoati mashina-texnikalar bilan taʼminlaydigan ogʻir mashinasozlik tarmogʻi. Paxta tayyorlash maskanlari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik qurilmalar (paxtani tayyorlash, quritish, tozalash, saqlashda qoʻllaniladigan mashinalar va mexanizmlar), arrali va joʻvali jin mashinalari, linterlar, tola tozalagichlar, chigit saralash va tozalash mashinalari, transportyorlar, paxta gʻarambuzgichlari, paxta uzatkichlar, tunnel ochish mashinalari, paxta gʻaramlarini shamollatish va chang tutish uz126mashinalari, shuningdek, kanopni qayta ishlash mashina va qurilmalari (jami 50 nomdan ortiq mahsulotlar) ishlab chiqaradi.